Bayram oldi qisqartirilgan ish kuni hamda ko‘chirilgan dam olish kuni haqidagi axborot xabari

Hurmatli mijozlar!

Ushbu bilan “KDB Bank O‘zbekiston” AJ 2026-yil 08-may (bayram oldi qisqartirilgan ish kuni) hamda 2026-yil 11-may (ko‘chirilgan dam olish kuni) kunlaridagi ish jadvali haqida ma’lum qiladi.

2026-yil 08-may:

∙ Kassa xizmati va ayirboshlash shoxobchasi – soat 16:00 gacha

∙ Xorijiy valyutadagi to‘lovlar (shu jumladan iDBA tizimi orqali yuborilganlar) – soat 15:30 gacha

∙ Ish haqi hisob-kitob qaydnomalarini qabul qilish – soat 16:30 gacha

∙ Xorijiy valyutani sotib olish va sotish bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish – soat 15:30 gacha

∙ Milliy valyutadagi to‘lovlar – kechayu kunduz amalga oshiriladi

2026-yil 11-may – 9-may bayrami munosabati bilan ko‘chirilgan dam olish kuni.

2026-yil 12-maydan boshlab Bank odatdagi tartibda faoliyat yuritadi.

Iltimos, hisob-kitoblarni rejalashtirishda hamda bankka tashrif buyurishda ushbu xabarni inobatga olishingizni so‘raymiz.

Hurmat bilan,

AJ «KDB Bank O`zbekiston»