Kuzatuv Kengashi
Audit Qo'mitasi A'zolari
Bank moliyaviy hisobotlarining ishonchliligini ta’minlash hamda ichki nazorat tizimi samaradorligini monitoring qilish bo‘yicha vazifalarni bajarishda Bank Kuzatuv kengashiga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, shuningdek ichki va tashqi audit faoliyatining samaradorligi va mustaqilligini baholash hamda ta’minlash.
Risklarni Boshqarish Qo'mitasi A'zolari
Risklarni boshqarishning samarali tizimini tashkil etish; risklarni boshqarish bo‘linmasining tashkiliy tuzilmasini va risklarni boshqarish siyosatini tasdiqlash; risklarni boshqarish bo‘linmasining hisobotlarini ko‘rib chiqish; risklarni boshqarish usullari va stress-test ssenariylarini davriy ravishda ko‘rib chiqish; tegishli masalalar bo‘yicha Bank kengashiga tavsiyalar taqdim etish; shuningdek, 2020-yil 30-iyundagi 3254-son Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi) hamda 2023-yil 27-iyulda Bank kengashi tomonidan tasdiqlangan “Risklarni boshqarish qo‘mitasi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq boshqa funksiyalarni bajarish.
Komplayens qo‘mitasi
Komplaens qo‘mitasining asosiy funksiyasi bankning quyidagi yo‘nalishlarda komplaens-risklarni boshqarish faoliyatini ko‘rib chiqishdan iborat: jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish (AML/CFT), sanksiyalar rejimiga rioya etish, poraxo‘rlik va korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va boshqarish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, qonunlar, normativ-huquqiy hujjatlar va bank nazorati organlari talablariga rioya etish. Qo‘mita yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha bankdagi komplaens-risklarni kamaytirishga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilinishi uchun Bank Kuzatuv kengashiga tavsiyalar tayyorlaydi.