Depozitlar va omonatlar to`g`risida Ma`lumot
Hozirgi kunda "KDB Bank O'zbekiston" AJ fuqarolardan depozitlarga foizlar hisoblash va to'lash sharti bilan pul mablag'larini jalb etmaydi.
Jismoniy shaxslarning hisobvarag‘idagi mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining 18.02.2025 yildagi “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida” O‘RQ-1031-son Qonuniga muvofiq kafolatlash obyekti hisoblanadi. Kafolatlash hodisasi yuz bergan taqdirda, maxsus vakolatli davlat organi tomonidan kafolatlangan kompensatsiyaning umumiy miqdori kafolatlanish obyektlarining hajmi, miqdori va valyutasidan qat’i nazar 200,000,000.00 (ikki yuz million) so‘mdan oshmaydi. Jismoniy shaxslarning Qonun kuchga kirgan sanadan oldin qo‘yilgan Hisobvarag‘idagi mablag‘lar kafolatlanish obyektlarining miqdori va valyutasidan qat’i nazar to‘liq hajmda kafolatlanadi.
Qonun haqida batafsil ma`lumotni O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining rasmiy veb-saytida, uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida, finlit.uz saytida va Omonatlarni kafolatlash agentligining rasmiy veb-saytida topishingiz mumkin.
Jismoniy shaxslar bankka quyidagi shartlarda foizsiz talab qilib olinguncha depozitlarni joylashtirishlari mumkin:
Mijoz o'z mobil telefoniga (mobil telefon operatori qamrab oladigan mahalliy hududda) talab qilib olingungacha omonat hisobvarag'ida amalga oshirilgan amaliyotlar va mijoz so'roviga binoan hisobvaraq qoldig'i to'g'risidagi ma'lumotlarni, shuningdek, bankdan turli xil qisqa ma'lumotli xabarlarni oladi.