KDB Bank O'zbekistan quyidagi operatsiya turlarini taklif etadi
Unibanks - bu bank biznesining ko'plab funksiyalarini qo'llab-quvvatlovchi ixtisoslashgan tarkibiy qismlarga asoslangan to'liq integratsiyalangan ko'p valyutali bank tizimi. Barcha biznes funksiyalarini bitta tizim bilan boshqaradigan to'liq integratsiyalangan bank tizimi bir qator muhim afzalliklarni taqdim etadi, masalan:
Mijoz uchun mo'ljallangan tizim
Bir dastur ichida turlicha xizmat
Xalqaro standartga asoslangan yechim
Joriy vaqt rejimida operatsiyalarni amalga oshirish
SWIFT - Butunjahon Banklararo Moliyaviy Telekommunikatsiyalar Jamiyati tarmog'i butun dunyodagi moliyaviy institutlarga xavfsiz, standartlashtirilgan va ishonchli muhitda moliyaviy operatsiyalar to'g'risidagi ma'lumotlarni yuborish va olish imkoniyatini ta'minlaydi.
Ekzotik valyutadagi pul o'tkazmalari
"KDB Bank O'zbekiston" pul mablag'larini asosiy funksional chet el valyutalarida (ko'pincha muomalada qo'llaniladigan valyutalar) va ekzotik chet el valyutalarida (operatsiyalar uchun kam ishlatiladigan valyutalar) o'tkazish bo'yicha xizmatlarni taklif etadi!