Yechimlar
"KDB Bank O'zbekiston" AJ yirik xorijiy banklardan biri bo'lib, xalqaro amaliyotga asoslangan hujjatlarni to'lash va Savdoni Moliyalashtirish vositalarining eng ilg'or shakllarini taqdim etadigan boshqa taniqli xorijiy sherik banklar bilan hamkorlik qiladi.
Savdoni Moliyalashtirish boshqarmasining asosiy vazifasi korporativ mijozlarga savdoni moliyalashtirish bo'yicha yuqori sifatli, o'z vaqtida va samarali xizmat ko'rsatishdir. Savdoni Moliyalashtirish boshqarmasi O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va me'yoriy hujjatlariga, shuningdek Hujjatli Akkreditivlar uchun Yagona An'ana va Tajribalarga (Xalqaro Savdo Palatasining 2007 yildagi 600-sonli nashri) , Xalqaro Savdo Palatasining xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha Yagona Qoidalariga, INCOTERMS 2010 kabi xalqaro qoidalarga muvofiq ishlaydi
Xizmat Turlari
Hujjatli Akkreditivlar
Hujjatli Akkreditiv, uni ochgan bank(emitent bank)ning xaridor nomidan kelishilgan summani akkreditivda ko'rsatilgan hujjatlarni olgandan keyin to'lash majburiyatidir.
Akkreditivlar
Akkreditivlarni chiqarish va ularga xizmat ko'rsatish 2006 yilda qayta ko'rib chiqilgan Hujjatli Akkreditivlar uchun Yagona An'ana va Tajribalarga (Xalqaro Savdo Palatasining 2007 yildagi 600-sonli nashri) asosan tartibga solinadi.