Korporativ Mijozlar Xodimlariga Mikroqarz (Overdraft)

Kredit Berish Shartlari

Qarz Oluvchi

KDB Bank O'zbekistonda birlamchi hisobvaraqqa ega korxona yoki tashkilotda doimiy ishlaydigan xodim

Kredit Valyutasi

Milliy valyuta (so'm)

Kreditning Maksimal Miqdori

Qarz oluvchining oxirgi 12 oy uchun o'rtacha oylik ish haqi

Kredit Muddati

12 oygacha

Kredit Ajratish Shakli

Qarz oluvchining "KDB Bank O'zbekiston" AJda ochilgan plastik kartasiga

Yillik Foiz Stavkasi

Bankning Kredit qo'mitasi tomonidan belgilanadi (34% va undan yuqori)

Kredit Ta'minoti

Ish beruvchi-korporativ mijozning kafilligi, ko'сhmas mulk, transport vositasi

Garov narsasini kreditning asosiy qarzi qoldigʻiga mutanosib ravishda bosqichma-bosqich garovdan chiqarish yoki almashtirish tartibi

Mijoz yoki garovga qo‘yilgan mol-mulkning egasi (garovga qo‘yuvchi) garovga qo‘yilgan mol-mulkini bosqichma-bosqich garovdan chiqarish (yetarlicha qoplash koeffitsientini saqlab qolgan holda) yoki garov narsasini almashtirish (hamon yetarlicha qoplash koeffitsientini saqlab qolgan holda) uchun Bankka (garovga oluvchiga) ariza bilan murojaat qilishga haqli.

Mazkur ariza Bank tomonidan 30 (o‘ttiz) kundan ortiq bo‘lmagan muddat davomida ko‘rib chiqilishi lozim.

Garovni bosqichma-bosqich garovdan chiqarish yoki uni almashtirish Kredit qo‘mitasining qarori bilan amalga oshiriladi va qarori haqida mijozga 3 (uch) ish kuni mobaynida xabar beriladi. Arizani qanoatlantirish rad etilgan taqdirda, rad etishning sabablari yuzasidan xabar qilinadi.

Savollar uchun, shu jumladan, jismoniy shaxslar uchun mikroqarzning boshqa turlari yuzasidan elektron pochta orqali Kredit Boshqarmasiga murojaat qiling

Kreditingizni Hisoblang

Miqdori
so`m
Oylar
oylar
Foiz Stavkasi
%
Oylik to'lov
so'm
Umumiy to'lov
so'm
Foizlarning Umumiy Miqdori
so'm

Kredit Ta'minoti

Sahifa yangilangan sana: 03.01.2025