Internet Banking
Internet-banking - bu Jismoniy shaxs bo'lgan mijozlar qulayligi uchun ishlab chiqilgan onlayn-banking vositasidir. Internet-banking quyidagi imkoniyatlarni beradi:
Mijoz-bank masofaviy aloqa tizimi uchun eng yuqori xavfsizlik standartlari
Hisobvaraqlardagi harakatlarini kuzatib borish, hisobvaraqlardagi qoldiqlarni va harakatlardan ko'chirmalarni ko'rish uchun real vaqtda ulanish
Pul mablag'larini milliy valyutadan xorijiy valyutaga konversiya va teskari konversiyani amalga oshirish.
Internet-banking orqali konversion amaliyotlar
Jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) Internet tizimiga ulanish asosida, kunning istalgan vaqtida va dunyoning istalgan nuqtasida Internet-banking tizimida milliy valyutadagi plastik kartalardan chet el valyutasi (AQSh dollari va Yevro) dagi plastik kartalariga konversiya amaliyotlarini masofadan turib amalga oshirishlari mumkin. Internet-banking tizimiga kirish uchun kirish identifikatori va kirish paroli talab qilinadi.
Agar mijoz Internet-banking xizmatidan foydalanish imkoniga ega bo'lmasa, ushbu xizmatdan foydalanish to'g'risidagi Shartnomani imzolash uchun Bankning Mijozlarga Xizmat Ko'rsatish bo'limiga tashrif buyurish tavsiya etiladi.