Aksiyadorlarning 2021 yilgi 1-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
«KDB Bank O‘zbekiston» AJ Kengashi 2021 yil 26 fevral kuni soat 11:00 da O‘zbekiston, Toshkent shahri, Buxoro ko‘chasi, 3-uy manzili bo‘yicha joylashgan «KDB Bank O‘zbekiston» AJ 4-qavat majlislar zalida Aktsiyadorlarning 1-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi haqida ma’lum qiladi.
Aktsiyadorlarning 2021 yilgi 1-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi
KUN TARTIBI
1. Boshqaruv Raisini tasdiqlash
2. Bank Kengashi a’zolarini saylash
3. Taftish komissiyasi a’zolarini saylash
4. “KDB Bank O‘zbekiston” AJ Ustaviga o‘zgartirishlar kiritish
5. Kundalik xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bank operatsiyalarini aniqlash.
2021 yil 22 fevral holatiga shakllantirilgan aktsiyadorlar reestrida qayd etilgan aktsiyadorlar «KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aktsiyadorlarning 1-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga egadirlar.
2021 yil 29 yanvar holatiga shakllantirilgan aktsiyadorlar reestrida qayd etilgan aktsiyadorlarga «KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aktsiyadorlarning 1-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida yozma ravishda elektron pochta orqali xabar yuboriladi.
«KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aktsiyadorlarning 1-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ro‘yxatdan o‘tish uchun aktsiyadorlarning vakillari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomalar bilan kelishlari lozim.
Aktsiyadorlarning ro‘yxatga olishni boshlash vaqti: 10:30
Sahifa sanasi: 04.02.2021 y.