Aksiyadorlarning 2020 yilgi 2-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
«KDB Bank Oʼzbekiston» АJ Kengashi 2020 yil 13 oktyabr kuni soat 11:00 da Oʼzbekiston, Toshkent shahri, Buxoro koʼchasi, 3-uy manzili boʼyicha joylashgan «KDB Bank Oʼzbekiston» АJ ning 4-qavat majlislar zalida Аktsiyadorlarning 2-navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi boʼlib oʼtishi haqida maʼlum qiladi.
Аktsiyadorlarning 2020 yilgi 2-navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi
KUN TАRTIBI:
1. “KDB Bank Oʼzbekiston” АJ Ustaviga oʼzgartirishlar va qoʼshimchalarni kiritish;
2. Yangi Bank Kengashi aʼzosini saylash;
3. Yangi Taftish komissiyasi aʼzosini saylash.
2020 yil 7 oktyabr holatiga shakllantirilgan aktsiyadorlar reestrida qayd etilgan aktsiyadorlar «KDB Bank Oʼzbekiston» АJ Аktsiyadorlarning 2-navbatdan tashqari umumiy yigʼilishida qatnashish huquqiga egadirlar.
2020 yil 18 sentyabr holatiga shakllantirilgan aktsiyadorlar reestrida qayd etilgan aktsiyadorlarga «KDB Bank Oʼzbekiston» АJ Аktsiyadorlarning 2-navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi oʼtkazilishi toʼgʼrisida yozma ravishda elektron pochta orqali xabar yuboriladi.
«KDB Bank Oʼzbekiston» АJ Аktsiyadorlarning 2-navbatdan tashqari umumiy yigʼilishida roʼyxatdan oʼtish uchun aktsiyadorlarning vakillari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomalar bilan kelishlari lozim.
Аktsiyadorlarning roʼyxatga olishni boshlash vaqti: 10:30.
Sahifa sanasi: 22.09.2020 y.