Aksiyadorlarning 2020 yilgi 3-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

«KDB Bank O‘zbekiston» AJ Kengashi 2020 yil 31 dekabr kuni soat 11:00 da O‘zbekiston, Toshkent shahri, Buxoro ko‘chasi, 3-uy manzili bo‘yicha joylashgan «KDB Bank O‘zbekiston» AJ 4-qavat majlislar zalida Aktsiyadorlarning 3-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi haqida ma’lum qiladi.

Aktsiyadorlarning 2020 yilgi 3-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi

KUN  TARTIBI:

  1. Boshqaruv, Kuzatuv Kengashi va Aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash;
  2. “KDB Bank O‘zbekiston” AJ va JP Morgan Chase Bank N.A. o‘rtasidagi banklararo depozit bitimlari uchun bir bitim limitini ko‘rib chiqish va tasdiqlash.

2020 yil 25 dekabr holatiga shakllantirilgan aktsiyadorlar reestrida qayd etilgan  aktsiyadorlar «KDB Bank O‘zbekiston» AJ aktsiyadorlarining 3-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga egadirlar. 2020 yil 9 dekabr holatiga shakllantirilgan aktsiyadorlar reestrida qayd etilgan aktsiyadorlarga «KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aktsiyadorlarning 3-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida yozma ravishda elektron pochta orqali xabar yuboriladi. 

«KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aktsiyadorlarning 3-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ro‘yxatdan o‘tish uchun aktsiyadorlarning vakillari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomalar bilan kelishlari lozim.

Aktsiyadorlarning ro‘yxatga olishni boshlash vaqti: 10:30.

 

Sahifa sanasi: 09.12.2020 y.