Aksiyadorlarning 2020 yilgi navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi

«KDB Bank O‘zbekiston» AJ Kengashi 2020 yil 29 iyun kuni soat 11:00 da O‘zbekiston, Toshkent shahri, Buxoro ko‘chasi, 3-uy manzili bo‘yicha joylashgan «KDB Bank O‘zbekiston» AJ bosh ofisi, 4-qavat majlislar zalida Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi haqida ma’lum qiladi. 

Aksiyadorlarning 2020 yilgi navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi

KUN  TARTIBI:

1. Affillangan shaxslar bilan tuziladigan bitimlarni ko‘rib chiqish;

2. 2020 MY uchun Bankning yillik biznes rejasi va byudjetini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

3. 2019 MYda olingan sof foydaning taqsimlanishini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

4. 2019 MY uchun Bankning audit tekshiruvidan o‘tkazilgan moliyaviy hisobotlarini tasdiqlash;

5. 2020 MY uchun auditorlik tashkilotini belgilash va uning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdorini tasdiqlash;

6. “KDB Bank O‘zbekiston” AJ Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish;

7. 2019 MY uchun Korporativ boshqaruv to‘g‘risidagi yillik hisobotni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

8. Bank Kengashining yangi a’zosini saylash; 

9. Bankning 2019 yildagi moliyaviy faoliyati yakunlari bo‘yicha Taftish komissiyasi tuzgan hisobotni tasdiqlash.

2020 yil 23 iyun holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reestrida qayd etilgan  aksiyadorlar «KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga egadirlar. 

2020 yil 5 iyun holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reestrida qayd etilgan  aksiyadorlarga «KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida yozma ravishda elektron pochta orqali xabar yuboriladi.  

«KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishida ro‘yxatdan o‘tish uchun aksiyadorlarning vakillari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomalar bilan kelishlari lozim.       

Aksiyadorlarning ro‘yxatga olishni boshlash vaqti: 10:30

 

Sahifa sanasi: 05.06.2020 y.