O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2018 yildagi PQ-4086-sonli qarori
"KDB Bank O’zbekiston" AJ (keyingi o'rinlarda "Bank") Sizga o'z hurmatini bildirgan holda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2018 yildagi PQ-4086-sonli "O'zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo’ljallari to'g'risida" Qarorining 6-bandi talablariga binoan 2019 yil 1 yanvardan boshlab yuridik shaxslar xizmat ko'rsatuvchi banklardan ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar uchun pul mablag'larini olishda (yoki plastik kartalarga o'tkazishda) yagona ijtimoiy to’lov hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini to’lash bo’yicha to’lov hujjatlarini taqdim etishi lozimligi nazarda tutilganligini eslatib o’tadi.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 30.12.2019 yildagi 15-21/1638-sonli xatiga binoan, yuqoridagi hujjatlar Bankka taqdim etilmagan taqdirda, Bank yuridik shaxsning plastik kartochkalarga pul mablag'larini o’tkazish bo'yicha bergan ko'rsatmalarini bajarmaslik, ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag'larni naqd pul ko’rinishida bermaslik huquqiga ega.
Batafsil ma'lumot olish uchun Bankning Mijozlarga xizmat ko'rsatish boshqarmasining quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:
(+998) 78 140 5674 - Hilola Marupova
(+998) 78 140 5673 - Goliba Inogamova
Tushunishingizga umid qilamiz va hamkorlikni juda qadrlaymiz.