Axborot xabari: Yaponiya iyenasidagi (JPY) to‘lov topshiriqnomalarini ijro etish tartibidagi vaqtinchalik o‘zgarish to‘g‘risida.
28.10.2026

Hurmatli Mijozlar,
Yaponiyada rasmiy bayram kuni munosabati bilan “KDB Bank O‘zbekiston” AJ sizga shuni ma'lum qiladiki:
∙ 2026 yil 3 noyabr kuni Yaponiya iyenasi (JPY) ishtirokidagi mablag‘larni o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish boʻyicha arizalar ijroga qabul qilinmaydi.
Xorijiy valyutadagi hisob-kitoblarni rejalashtirishda ushbu ma'lumotni inobatga olishingizni so‘raymiz.
Hurmat bilan,
“KDB Bank O‘zbekiston” AJ