29.03.2024 va 01.04.2024 kunlari Yevro, Angliya funt sterlingi va Xitoy yuani valyutalaridagi to'lovlar haqida ma'lumot xabari
28.03.2024
Hurmatli Mijozlar,
Tegishli davlatlarda bayram kunlari munosabati bilan “KDB Bank O’zbekiston” AJ quyidagi jadvalga muvofiq to‘lov topshiriqnomalarini Yevro, Angliya funt sterlingi va Xitoy yuani valyutalarida qabul qiladi:
* 29.03.2024 va 01.04.2024 - toʻlov topshiriqnomalari va konvertatsiya qilish boʻyicha arizalar Yevro, Angliya funt sterlingi va Xitoy yuan valyutalarida qabul qilinmaydi (o’zbek so’mini xorijiy valyutaga yoki xorijiy valyutani o’zbek so’miga konvertatsiya qilish arizalari bundan mustasno);
* 02.04.2024 dan boshlab barcha toʻlov topshiriqnomalari odatdagidek qabul qilinadi.
Xorijiy valyutalardagi hisob-kitoblarni rejalashtirishda ushbu xabarni inobatga olishingizni so’raymiz.