«KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aksiyadorlarning 2023 yildagi navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi haqida ma’lum qiladi.

«KDB Bank O‘zbekiston» AJ Kuzatuv kengashi 2023 yil 8 iyun kuni soat 11:00 da O‘zbekiston, Toshkent shahri, Buxoro ko‘chasi, 3-uy manzili bo‘yicha joylashgan «KDB Bank O‘zbekiston» AJ 4-qavat majlislar zalida Aksiyadorlarning  navbatdagi  yillik  umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi haqida ma’lum qiladi.

Aksiyadorlarning 2023 yildagi navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi

KUN  TARTIBI:

 

1.      2023 MY uchun Bankning yillik biznes rejasi va budjetini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

2.      Bankning e‘lon qilingan aksiyalari eng ko‘p miqdorini belgilash;

3.      Bank Ustaviga va ichki me’yoriy hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalarni tasdiqlash;

4.      Milliy valyutani sezilarli darajada qadrsizlanishida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan Bankning majburiyatlarini qoplash uchun shakllantirilgan devalvatsiya uchun zaxirani taqsimlanmagan foyda hisobiga o‘tkazishni ma’lumot uchun qabul qilish;

5.      O‘tgan yillar davomida taqsimlanmay qoldirilgan foyda va 2022 MYda olingan sof foydani taqsimlash masalasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

6.      2022 MY uchun Bankning audit tekshiruvidan o‘tkazilgan moliyaviy hisobotlarini tasdiqlash;

7.      2023 MY uchun auditorlik tashkilotini belgilash va uning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdorini tasdiqlash;

8.      2022 MY uchun Korporativ boshqaruv to‘g‘risidagi yillik hisobotni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

9.      Bankning 2022 MY moliyaviy-iqtisodiy faoliyati yakunlari bo‘yicha Taftish komissiyasi hisobotini tasdiqlash.

 

2023 yil 15  may  holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reyestrida qayd etilgan  aksiyadorlarga «KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida yozma ravishda elektron pochta orqali xabar yuboriladi. 

2023 yil 4 iyun holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reyestrida qayd etilgan  aksiyadorlar «KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga egadirlar.

«KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishida ro‘yxatdan o‘tish uchun aksiyadorlarning vakillari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomalar bilan tashrif buyurishlari lozim.      

Aksiyadorlarni ro‘yxatga olishning boshlanish vaqti: 10:30 

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishda ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha ma’lumot va materiallar bilan Toshkent shahri, Buxoro ko‘chasi, 3-uy bo‘yicha joylashgan «KDB Bank O‘zbekiston» AJ binosida tanishishlari mumkin.

Elektron pochta manzili: info@kdb.uz