«KDB Bank O‘zbekiston» AJ Kuzatuv kengashi 2026-yil 30-iyun kuni soat 11:00 da O‘zbekiston, Toshkent shahri, Buxoro ko‘chasi, 3-uy manzilida joylashgan «KDB Bank O‘zbekiston» AJ 4-qavatdagi majlislar zalida 2026 MY uchun Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida ma’lum qiladi.

2026MY uchun Aksiyadorlarning yillikumumiy yig‘ilishi

KUN TARTIBI: 

1)      2025 MY uchun Bankning Audit tekshiruvidan o‘tkazilgan moliyaviy hisobotlarini tasdiqlash;

2)      O‘tgan yillar davomida taqsimlanmay qoldirilgan foyda va 2025 MYda olingan sof foydani taqsimlash masalasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

3)      2026 MY uchun Bankning yillik biznes-rejasi va budjetini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

4)      2026-2030 MY uchun Bankning Uzoq muddatli strategiyasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

5)      2025 MY uchun Korporativ boshqaruv to‘g‘risidagi yillik hisobotni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

6)      2026 MY uchun Bankning auditorlik tashkilotini belgilash va uning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdorini tasdiqlash;

7)      2025 MY uchun Bankning Moliyaviy-iqtisodiy faoliyati yakunlari bo‘yicha Taftish komissiyasi hisobotini tasdiqlash;

8)      Bank ichki qoidasini tasdiqlash;

9)      Kuzatuv kengashi mustaqil a’zolari va uning qoshidagi qo‘mita a’zolariga haq va kompensatsiya to‘lash Tartibiga qo‘shimchalarni tasdiqlash;

10)  Bankning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

2026-yil 26-may holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reyestrida qayd etilgan aksiyadorlarga «KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida yozma ravishda elektron pochta orqali xabar yuboriladi.

2026-yil 24-iyun holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reyestrida qayd etilgan aksiyadorlar «KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga egadirlar.

«KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida ro‘yxatdan o‘tish uchun aksiyadorlarning vakillari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomalar bilan tashrif buyurishlari lozim.

Aksiyadorlarni ro‘yxatga olishning boshlanish vaqti: 10:30

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishda ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha ma’lumot va materiallar bilan Toshkent shahri, Buxoro ko‘chasi, 3-uy manzilida joylashgan “KDB Bank O‘zbekiston” AJ binosida tanishishlari mumkin.

Elektron pochta manzili: info@kdb.uz