Bank Boshqaruv raisining tayinlanishi
01.03.2022

AJ “KDB Bank O`zbekiston”ning 2022-yil 24-fevraldagi 1-navbatdan tashqari aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarori bilan janob Kim Heung Sang Boshqaruv Raisi etib tayinlanganligini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz.
Janob Kim Heung Sang Boshqaruv Raisi etib tayinlanishidan avval 2019-yil 4-apreldan 2022-yil 31-yanvargacha bank faoliyatini bosh direktor lavozimida, 2022-yil 1-fevraldan 23-fevralgacha Boshqaruv Raisi vazifasini bajaruvchi sifatida boshqarib kelgan edilar.