Xorijiy valyutadagi to‘lovlar uchun ISO 20022 standartiga o‘tish to‘g‘risida xabarnoma, 2025-yil 22-noyabrdan kuchga kiradi
21.11.2025

Hurmatli Mijozlar,
SWIFT tizimining global miqyosda ISO 20022 standartiga o‘tishi munosabati bilan, “KDB Bank O‘zbekiston” AJ 2025-yil 22-noyabrdan boshlab barcha xorijiy valyutadagi to‘lov operatsiyalari uchun yangi MX xabar formatlari (PACS.008 va PACS.009)dan foydalanishni boshlaydi.
Ushbu o‘tish to‘lov tizimlarini takomillashtirish, ma’lumotlar shaffofligini oshirish va moliyaviy xabarlarning o‘zaro moslashuvchanligini yaxshilashga qaratilgan. Shuni ta’kidlash joizki, bu o‘zgarishlar sizning joriy to‘lov jarayonlaringizga sezilarli o‘zgartirishlar kiritishni talab qilmaydi, chunki bank uzluksiz va barqaror ishlashni ta’minlash uchun barcha zarur chora-tadbirlarni allaqachon amalga oshirgan.