Bank nomidan taqdim etilgan soxta hujjatlar yuzasidan

KDB Bank O’zbekiston bank nomidan noqonuniy ravishda taqdim etilgan soxta hujjatlar, xususan ish haqi to'g'risidagi guvohnoma bilan bog'liq firibgarliklar aniqlanganligi to'g'risida xabar beradi.

Hujjatlarning haqiqiyligini tekshirish zarurati turli holatlarda yuzaga kelishi mumkin. Shu munosabat bilan, biz sizdan e'tiborli va hushyor bo'lishingizni so'raymiz! KDB Bank O’zbekiston nomidan taqdim etilgan xatlar hamda sertifikatlar blankalarining, shunigdek ulardagi imzo, muhr va boshqa ma'lumotlarning haqiqiyligiga alohida ahamiyat qarating.

Agar taqdim etilgan hujjatlarning to'g'riligiga shubha qilsangiz, bankning ishonch telefoniga, yoki info@kdb.uz elektron pochta manziliga murojaat qiling.