O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi
30.08.2023

Aziz yurtdoshlar va hurmatli mijozlar,
“KDB Bank O`zbekiston” AJ Sizni chin ma’noda birdamligimiz va iftixorimiz timsoli bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!
Ushbu ulug’ va qutlug’ damda Sizlarga sihat-salomatlik, baxt va oilalaringizga faravonlik tilab qolamiz! Yurt tinchligi, vatan taraqqiyoti, xalq farovonligi yo’lida amalga oshirayotgan fidokorona ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
“KDB Bank O`zbekiston” AJ biznesingizni turli xil moliyaviy xizmatlar bilan qo’llab-quvvatlash orqali mamlakatimizning davomiy va barqaror rivojlanishi yo’lida o’z hissasini qo’shishdan to’xtamaydi.
Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin!