Mavzu: O‘zbek so‘midagi to‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha «To‘lov ma’lumotlari» maydonini to‘ldirishga qo‘yiladigan yangi talablar

Hurmatli Mijozlar!
2026-yil 6-maydan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘zbek so‘mida amalga oshiriladigan to‘lov topshiriqnomalari rasmiylashtirishga majburiy talablarni joriy etmoqda.
Shu munosabat bilan to‘lov maqsadini ko‘rsatish uchun foydalaniladigan tovar va xizmatlar kodlari ro‘yxati yangilanmoqda.
«To‘lov ma’lumotlari» maydonida quyidagi ma’lumotlarni majburiy ravishda ko‘rsatilishi lozim:
- Yangilangan ro‘yxatga muvofiq tovar yoki xizmatning dolzarb kodi;
- Shartnoma raqami va sanasi (mavjud bo‘lsa);
- Tovar, ish yoki xizmatning nomi;
- To‘lov turi hamda boshqa zarur ma’lumotlar.
O‘tish davri:
06.05.2026 dan — yangi kodlar kuchga kiradi;
26.05.2026 dan — eski kodlar tizim tomonidan qabul qilinmaydi.
Qulay o‘tishni ta’minlash maqsadida eski va yangi kodlar o‘rtasidagi moslikni aniq ko‘rsatuvchi qiyosiy o‘tish jadvali tayyorlandi.
Qiyosiy o‘tish jadvalini qayerdan topish mumkin:
- Internet Banking iDBA tizimida → “Shartnomalar va Formalar” bo‘limi → “Yo‘riqnomalar” → “Tovar va xizmatlar kodlari (Qiyosiy o‘tish jadvali)”;
- Bankning rasmiy veb-saytida: www.kdb.uz → «Interaktiv xizmatlar» → «Shartnoma va Ariza Na’munalari».
Tavsiya qilamizki, hozirdan boshlab o‘zbek so‘mida to‘lov topshiriqnomalari tayyorlash jarayonida yangi kodlardan foydalanishni (yoki ularni o‘tish jadvali bo‘yicha tekshirishni) boshlasangiz. Bu to‘lovlaringizni bajarish jarayonida kechikishlar yoki rad etilish holatlarini oldini olishga yordam beradi.
Agar sizga to‘g‘ri kodni tanlashda yordam kerak bo‘lsa, Mijozlarga xizmat qo‘rsatish vvatlash bo‘limi mutaxassislari +99878 120 80 00 telefon raqami orqali yordam berishga tayyor.
Tushunishingiz va uzoq muddatli hamkorligimiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.