14.05.2024 da “KDB Bank O’zbekiston” AJ Kiberxavfsizlik tahdidlari bo'yicha seminar treningi o'tkazdi
“KDB Bank O’zbekiston” AJ O‘zbekiston Respublikasi Kiberxavfsizlik markazi bilan hamkorlikda o‘z xodimlari uchun “Kiberxavfsizlik tahdidlari” mavzusida seminar trening o‘tkazdi.
Seminarda zamonaviy kiberxavfsizlik tahdidlari va ularga samarali qarshi kurashish bo‘yicha faol chora-tadbirlar haqida to‘liq ma’lumot berildi. Shuningdek, ishtirokchilar kiberjinoyatlarning bugungi kundagi holati, har xil turdagi hujumlarni aniqlash usullari va tahdidlarni oldini olishda zamonaviy texnologiyalarni qo’llash kabi masalalarni o’z ichiga olgan munozaralarda qatnashdilar. Kiberxavfsizlikmarkazi mutaxassislarning tajribalari bizning xodimlarimizning keng tarqalgan kibertahdidlar haqidagi tushunchasini oshirish bilan bir qatorda, ularga qanday qilib Bankning kiber tahdidlarga qarshi mudofaasini qo’llab quvvatlashga yordam berish to’g’risida qimmatli tushunchalarolishda yordam berdi.
Bank hodimlari seminarning so’ngida mavzu bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan savollarga markaz hodimlari tomonidan javob olish imkoniyatiga ega bo’lishdi.