Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha murojaat

Hurmatli Mijozlar,

“KDB Bank O‘zbekiston” AJ o‘z faoliyatini barcha qonunlarga rioya qilgan holda olib boradi va halollik hamda shaffoflik tamoyillariga amal qiladi. Biz poraxo‘rlik, korrupsiya bilan bog‘liq har qanday qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaymiz.

Mijozlarimiz va hamkorlarimizdan ham biz bilan hamkorlikda mas’uliyatli va vijdonan yondashuvni kutamiz.

Bankning korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha pozitsiyasi haqidagi ma’lumotlar quyidagi rasmiy veb-saytimizda joylashtirilgan: www.kdb.uz

Agarda Siz Bankimizda korrupsiya holatlari, qonunbuzarliklar yoki manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga duch kelsangiz, bu haqda, jumladan anonim tarzda, saytimizda ko‘rsatilgan kontaktlar orqali xabar berishingiz mumkin: 78-120-28-71

Bankimizga bo‘lgan ishonchingiz va tanlovingiz uchun tashakkur!