Xorijiy valyutalaridagi (GBP, CHF, USD va KRW) to‘lov topshiriqnomalarini ijro jadvali haqida ma’lumot xabari

Hurmatli Mijozlar,

Tegishli davlatlarda rasmiy bayram kuni munosabati bilan “KDB Bank O‘zbekiston” AJ xorijiy valyutalaridagi mablag’larini o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish uchun arizalarni quyidagi jadvalga muvofiq ijroga qabul qiladi:

• 2026-yil 25-may kuni – Angliya funt sterlingi (GBP),  Shveysariya franki (CHF), AQSh dollari (USD) va Janubiy Koreya voni (KRW) valyutalaridagi mablag’larini o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish boʻyicha arizalari ijroga qabul qilinmaydi (GBP/UZS, CHF/UZS, USD/UZS va KRW/UZS valyuta juftligida konvertatsiya qilish uchun arizalar Bank bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin)

Hisob-kitoblarni xorijiy valyutalarida amalga oshirayotganingizda ushbu xabarga e’tibor qaratishingizni soʻraymiz.

Hurmat bilan,

«KDB Bank Uzbekistan» AJ