Internet Banking iDBA - yangi masofaviy bank xizmatlari ilovasi
"KDB Bank O'zbekiston" AJ kompaniyalar va tadbirkorlar uchun yangi masofaviy bank xizmatlari Internet Banking iDBA ilovasini ishga tushirganligini e'lon qiladi.
Yangi Internet-Banking iDBA quyidagi xizmatlardan foydalanishga imkon beradi:
- Milliy valyutadagi hisob-kitoblar:
- Kontragentlar ro'yxatidan va ixtiyoriy rekvizitlar bo'yicha milliy valyutadagi to'lovlar
- Byudjetga to'lovlar (MUNIS)
- Tezkor to'lovlar (ANOR)
- Tanlangan to'lovlar
- To'lov talabnomalarini inkasso qilish va aktseptlash
- Xorijiy valyutadagi hisob-kitoblar:
- O'zingizning hisobvaraqlaringiz o'rtasida o'tkazmalar
- O'zbekiston Respublikasi ichkarisida va tashqarisiga o'tkazmalar
- Xodimlarning kartalariga ish haqini to'lash:
- Kompaniya xodimlariga ish haqi to'lash uchun to'liq hujjatlar to'plami
- Qabul qiluvchilar ro'yxati bo'yicha xodimlarning plastik kartalariga o'tkazish
- Ishchilarga ish haqini o'tkazish uchun yangi kartalarni rasmiylashtirish
- Korporativ kartalar:
- Pul mablag'lari mavjudligi to'g'risida ma'lumaot hamda korporativ kartalar bilan operatsiyalar
- Qabul qiluvchilar ro'yxati bo'yicha korporativ kartalarga o'tkazmalar
- Konversiya
- Milliy valyutani xorijiy valyutaga ayirboshlash
- Xorijiy valyutani milliy valyutaga ayirboshlash
- Xorijiy valyutani xorijiy valyutaga ayirboshlash
- Mablag'lar va hisoblar
- Hisobvaraqlardagi mablag'lar to'g'risida so'ngi (aktual) ma'lumotlar
- Hisobvaraqlar bo'yicha qulay shakldagi hisobotlar, analitik ma'lumotlar, hamda ulardagi qoldiqlar to'g'risidagi ma'lumotlar
- To'lov hujjatlari va hisobotlarning arxivini yuritish;
- Bankka standart va nostandart so'rov va arizalarni yuborish;
- To'lov hujjatlarini ijro holati to'g'risida xabarnoma olish;
- Har xil filtrlar va saralash imkoniyatlari
- Hujjatlar va kataloglarda aqlli qidiruv
- Zamonaviy dizayn, yoqimli interfeys
Internet-Banking iDBA-ga foydalanuvchilarni ulash:
- Ommaviy oferta shartlarini o'qing;
- 2-ilova va 4-ilovaga muvofiq to'ldirilgan shakllarni Bankka taqdim eting;
- Bankdan OTP qurilmasini (kalitini) kompaniyaning talablariga javob beradigan miqdorda va amaldagi kompaniya imzosi namunalari kartasini oling yoki amaldagi OTP qurilmasidan, login va paroldan foydalaning (Internet-bankingning oldingi versiyasidan foydalangan mijozlar uchun amal qiladi).