Yuridik shaxslarga xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda va internet-resurslarda reklama berish
03.07.2023
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 19 maydagi 207-sonli Qarori bilan 2023 yil 1 iyuldan boshlab yuridik shaxslarga xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda va internet-resurslarda reklama berish xarajatlari bo'yicha to'lovlarni chet el valyutasidagi korporativ bank kartalari orqali kalendar oyida 5 000 (besh ming) AQSH dollaridan oshmagan miqdorda amalga oshirishlariga hamda ushbu to'lovlar to'g'risidagi ma'lumotlarni tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritishiga ruxsat berildi.