Hurmatli mijozlar diqqatiga! 23.11.2023 - AQSh dollar valyutasidagi toʻlov topshiriqnomalari va konvertatsiya qilish boʻyicha arizalar qabul qilinmaydi.
22.11.2023

Hurmatli Mijozlar,
AQShda bayram munosabati bilan “KDB Bank Uzbekistan” AJ quyidagi jadvalga muvofiq to‘lov topshiriqnomalarini AQSh dollari valyutasida qabul qiladi:
· 23.11.2023 - toʻlov topshiriqnomalari va konvertatsiya qilish boʻyicha arizalar qabul qilinmaydi;
· 24.11.2023 dan boshlab barcha toʻlov topshiriqnomalari odatdagidek qabul qilinadi.
Hisob-kitoblarni AQSh dollari valyutasida rejalashtirishda ushbu xabarni hisobga olishingizni so'raymiz.