Bir filial mijoziga boshqa filialda xizmat ko`rsatish imkonini beruvchi amaliyot joriy qilindi.

HURMATLI MIJOZLAR!

Bir filial mijoziga boshqa filialda xizmat ko`rsatish imkonini beruvchi amaliyot joriy qilindi.

Mijozlar uchun qulayliklar yaratish va xizmat ko`rsatishning sifatini oshirish maqsadida, AJ “KDB Bank O`zbekiston” (keyinchalik – Bank) bankida bir filialda hisob raqami mavjud bo`lgan mijozlarga boshqa filialda ushbu hisob raqam bo`yicha xizmatlar ko`rsatich imkoniyati joriy qilindi.

Mijozlar, bankning qaysi filial mijozi, jismoniy yoki yuridik shaxslar bo`lishidan qat`iy nazar, ular o`z hisob raqami bo`yicha quyidagi operatsiyalarni: naqd pul mablag`larini yechish, naqd pul mablag`lari bilan to`ldirish, qog`oz ko`rinishdagi to`lov topshiriqnomalarni taqdim qilish, hisob raqamlarni ochish va yopish, hisob raqamdan qaydnomalarni olish, kredit va savdoni moliyalash bo`yicha operatsiyalar va shuningdek boshqa operatsiyalarni amalga oshirishlari uchun bankning istalgan filialiga tashrif buyurishlari mumkin.

Batafsil ma`lumot olich uchun mijozlarga xizmat ko`rsatish bo`limlari va mijozlar bilan ishlash menejerlariga murojaat qilishingizni so`raymiz.